Facebook Maxfiylik tekshiruvi

Havoladan nusxa olish
Kompyuter yuzasidan yordam
iPad ilovalari bo‘yicha yordam
iPhone ilovasi bo‘yicha yordam
Android ilovalari bo‘yicha yordam
Mobil brauzer bo‘yicha yordam
Facebook Lite ilovasi yordam xizmati
Faqat ro‘yxatdan o‘tganingizda yaratgan asosiy Facebook profilingizdan ayrim Maxfiylik tekshiruvi sozlamalarini boshqarishingiz mumkin. Maxfiylik tekshiruvidan foydalanish uchun asosiy profilingizga oʻting.
Maxfiylik tekshiruvi kerakli odamlarga ulashayotganingizni tekshirish uchun maxfiylik va xavfsizlik sozlamalaringizni tekshirishga yordam beradi.

Maxfiylik tekshiruviga oʻtish

  1. Facebookning yuqori oʻng qismidagi profil rasmingiz ustiga bosing.
  2. Avval Sozlamalar va maxfiylik, keyin esa Maxfiylik tekshiruvi tugmasini bosing.

Maxfiylik tekshiruvi orqali tekshirishingiz mumkin boʻlgan narsalar

  • Siz ulashgan kontentni kimlar koÊ»ra oladi. Bu boÊ»lim sizga quyidagilarga yordam beradi:
    • Profilingizda muayyan maʼlumotlarni, masalan, telefon raqami, email manzili, tugÊ»ilgan kun va oilaviy holatingizni kimlar koÊ»ra olishini tanlash.
    • Kelgusi va avvalgi postlaringizni kimlar koÊ»ra olishini nazorat qilish.
    • Siz Facebookda bloklagan foydalanuvchilarni tekshirish. Masalan, siz foydalanuvchilarni bloklanganlar roÊ»yxatiga kiritishingiz yoki undan olib tashlashingiz mumkin. Facebookda kimnidur bloklashnatijasida nima sodir boÊ»lishi haqida batafsil.
  • Qanday qilib hisobingiz xavfsizligini taʼminlash mumkin. Bu boÊ»lim sizga quyidagilarga yordam beradi:
    • Parolingizni yangilang. Kuchli parol yaratish haqida batafsil.
    • Agar kimdir hisobingizga notanish joydan kirgan boÊ»lsa, sizga xabar berish uchun ogohlantirishlarni yoqing.
  • Facebookda odamlar sizni qanday topishi mumkin. Bu boÊ»lim sizga quyidagilarni tanlash imkonini beradi:
    • Kimlar sizga doÊ»stlik taklifini yuborishi mumkin.
    • Kimlar telefon raqamingiz yoki email manzilingiz orqali sizni Facebookda topishi mumkin.
  • Facebookda maʼlumotlarga oid sozlamalaringiz. Bu boÊ»lim sizga quyidagilarga yordam beradi:
    • Boshqa kompaniyalarga qarashli boÊ»lgan va siz Facebook orqali kirgan yaqinda foydalanilgan ilova va veb-saytlarni tekshirish va olib tashlash.
  • Facebookdagi reklama sozlamalaringiz. Bu boÊ»lim sizga quyidagilarga yordam beradi:
    • Sizga reklama namoyish qilish uchun reklama beruvchilar profilingizda qanday maʼlumotlardan foydalanishi mumkinligini tekshirish va belgilash.
    • Kimlar biror reklama yonida sizning ijtimoiy munosabatlaringizni (masalan, siz Facebookda yoqtirdan yoki kuzatgan narsalar) koÊ»rishi mumkinligini tanlash.

Maxfiylikni boshqarishning boshqa usullari

Siz ulashuvchi kontentni kimlar koʻra olishini qanday boshqarish haqida batafsil. Bu yerda quyidagilarni bilib olasiz:

Ha
Yo‘q

Other ways to get help

Chat with Meta AI support assistant
Resolve issues, make changes and get support in real time